10:15 / 14.07.2015
2601

Venger: Shvaynshtayger va Shneyderlenning «MYu»da qanday o‘ynab ketishi menga qiziq

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Yunayted"ga kelib qo‘shilgan yarim himoyachilar Bastian Shvaynshtayger va Morgan Shneyderlen haqida gapirib o‘tdi.

"MYu"ning o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, kuchli uchlikka kira olmaganidan norozi bo‘lganini bilgandik. Endi bo‘lsa, ular qiziqarli transferlarni amalga oshirishdi. Demak, bilishdiki yarim himoyani boshqachasiga qurish kerak.

Buni Shvaynshtayger va Shneyderlen hisobiga amalga oshirishmoqchi. Darhaqiqat, ular yuqori saviyali futbolchilar hisoblanishadi. Bastian allaqachon qanday saviyadaligini ko‘rsatib bo‘lgan. Morgan esa endi yuqori saviyaga ko‘tarilib bormoqda. Qiziq, ular "MYu"da qaynday o‘ynab ketishar ekan?!", - deydi Venger Goal nashriga bergan intervyusida.

Top