23:32 / 14.07.2015
2682

Xitoyning Tsinghua Unigroup kompaniyasi Micron ni sotib olmoqchi

Xitoyning Tsinghua Unigroup davlat kompaniyasi AQShning chiplar ishlab chiqaruvchi Micron Technology kompaniyasini 23 mlrd dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Tsinghua Unigroup AQSh kompaniyasining rahbariyatiga Micron aksiyalarini 21 dollardan sotib olish bo‘yicha taklif bildirdi, bu Nyu-York fond birjasidagi savdolar yopilishi paytidagi aksiyalar narxidan 19 foiz ko‘proqni tashkil qilmoqda. Micron Technology ning bozor narxi 19 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Micron Technology ning xarid qilinishi Xitoy hukumatining mikroelektronika ishlab chiqarish sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni to‘plash dasturining bir qismi bo‘lishi mumkin.

Top