09:38 / 15.07.2015
5743

“Megafon” prezidenti terrorchilarning WhatsApp va Viber’dan qanday foydalanishi haqida gapirib berdi

WhatsApp, Viber, Skype singari internet messenjerlari telekom sohasi nazorati ostida faoliyat yuritmaydi. Bu haqda “Megafon” kompaniyasi rahbari Ivan Tavrin aytib o‘tdi.

“Bu bozorni Rossiyada ham, jahonda ham o‘zgarishlar kutayotganidan shubham yo‘q. O‘ylashimcha, uni nazorat ostiga olish kerak. Xavfsizlik hamma narsadan ustun bo‘lishi kerak”, – dedi u “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Tavrinning aytishicha, bu dasturlar foydalanish uchun juda qulay – ularda guruhlar yaratish va mediafayllarni osonlikcha uzatish mumkin, lekin aynan shu jihat terrorchilarning ham diqqatini tortmoqda.

Top