10:16 / 15.07.2015
2869

Andijonda “Mikrokreditbank” ATB viloyat filialining yangi binosi ochildi

2015 yilning 10 iyul kuni Andijon shahrida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki viloyat filialining yangi binosi ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bank rasmiy saytida ma'lum qilindi. Tadbirda turli davlat va jamoat tashkilotlar vakillari, bank mutasaddilari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash borasida moliya muassasalari tomonidan olib borilayotgan islohotlar ko‘lami nihoyada keng. Bu borada “Mikrokreditbank” ATB tomonidan xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar misol bo‘la oladi. 

Bugungi kunda bank tarmog‘i, 85 ta filial va 140 ta minibanklar respublikamizning barcha mintaqalaridagi jumladan, eng chekka hududlardagi aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi va bank mijozlari soni qariyb 290 mingtani tashkil etmoqda. 

Ta'kidlash joizki, bank faoliyat ko‘lamini eng avvalo yurtimiz aholisini barcha turdagi bank xizmatlari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratdi. Natijada bank o‘zining barcha turdagi xizmatlari bilan respublikamizning eng olis hududlarigacha kirib bordi. 

Buning samarasi o‘laroq, birgina joriy yil boshidan buyon bankning barcha moliyalash manbalari hisobidan Respublikamizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 432,2 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi. 
Bunda asosiy e'tibor tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilib, aholining mehnatga layohatli qatlamini, shu jumladan, xotin-qizlarni, yoshlar, kollej bitiruvchilarini tadbirkorlik sohasiga jalb qilish, ish bilan ta'minlash borasida qator tadbirlar amalga oshirildi. 

Bank tomonidan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash dasturida faol ishtirok etib, kollej bitiruvchilarini kichik biznesga jalb etish borasida ham keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirildi va ularga 23,2 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi.Shuningdek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qariyb 45,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Bu boradagi ko‘rsatkichlarni bankning Andijon viloyat filiali faoliyati miqiyosida tahlil qiladigan bo‘lsak, yilning o‘tgan olti oyi mabaynida bank tomonidan kichik-biznesni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan kreditlar hajmi 34,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, viloyatda xotin-qizlar tadbirkorligiga 5,3 mlrd. so‘m, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes faoliyatini rivojlantirishga 3 mlrd. so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.

Mazkur tadbirda ham o‘n nafar kollej bitiruvchilariga bankdan imtiyozli sarmoya olish imkonini beruvchi maxsus sertifikatlari taqdim etildi.

Top