09:47 / 15.07.2015
2117

AQSh prezidenti va Saudiya Arabistoni qiroli Yaman inqirozini muhokama qildi

AQSh prezidenti Barak Obama va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud Yamandagi vaziyatni muhokama qildilar. Bu haqda Oq Uy matbuot xizmati xabar berdi.
“Prezident va qirol Yamandagi urushni to‘xtatish zaruriyati va yordam Yaman xalqiga yetib borishi masalasini muhokama qilishdi”, – deyiladi xabarnomada.
Ikki davlat rahbari ixtilof o‘chog‘ida gumanitar kanallar ochilishi zarurligi borasida bir to‘xtamga keldi.

Top