12:27 / 15.07.2015
3850

Armaniston askarlari Ozarbayjon tomonga o‘t ochishi natijasida ayol kishi va bolalar yaralandi

13 iyuldan 14 iyulga o‘tar kechasi Armaniston harbiylari Ozarbayjonning Tovuz tumanidagi Alibeyli qishlog‘ini o‘qqa tutdi. SalamNews nashrining xabar berishicha, ushbu qishloq ikki davlat qo‘shinlari to‘qnashgan chiziqda joylashgan.

Qishloq yirik kalibrli quroldan o‘qqa tutilgan. Natijada qishloqda istiqomat qiluvchi 44 yoshli Durdona Nag‘daliyeva, 12 yoshli Narmin Xonboboyeva va uning ukasi, 8 yoshli Tunjay yaralangan.

Yaradorlar Tovuzning markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Top