13:51 / 15.07.2015
15647

Beeline mobil ilovasi orqali arzonlashtirilgan internet-paketlar sotib olish mumkin

O‘zbekiston aloqa operatori Beeline Beeline Uzbekistan ilovasi orqali  325 MB, 525 MB va 1100 MB qiymatidagi internet-paketlarni sotib olishda 10% gacha bo‘lgan chegirmaga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan yangi aksiya haqida ma'lum qiladi.

«Bizning abonentlarimiz internet-trafikka bo‘lgan harajatlarni uning yordamida optimallashtirishlari mumkin bo‘lgan yangi aksiya bevosita Beeline Uzbekistan ilovaga bog‘liqdir, – deb izoh beradi Unitel tijorat direktori Maksim Yefremov. – Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, kompaniyaning ushbu mobil kontent-mahsuloti vaqti-vaqti bilan eng ommabop bepul biznes-ilovalar ro‘yhatidan bosh o‘rinni egallab kelmoqda, va abonentlar undan foydalangan holda juda ko‘p vaqtni tejashmoqda. Bunday qilib, ular mustaqil ravishda telefon orqali turli xizmatlarni boshqarishlari, tariflarga ulanish yoki o‘zgartirishlari, Beeline‘ning yangi aksiyalar va chegirmalari to‘g‘risidagi ma'lumotni kuzatishlari va hattoki call-markaz operatorining qo‘ng‘irog‘iga buyurtma berishlari mumkin».

Aktsiya 2015 yilning 14 iyuldan 13 oktabrgacha amal qiladi. Bitta yoki bir nechta paketni xarid qilish mumkin:

«Internet-paket 325 MB»: $4,99 ($5,5 o‘rniga)             

«Internet-paket 525 MB»: $6,79($7,5 o‘rniga)              

«Internet-paket 1100 MB»: $8,99($10 o‘rniga) 

Chegirmalar internet-paketlarni faqatgina Beeline Uzbekistan ilovasi orqali aktivlashtirgandagina amal qiladi. Ilovani oldin yangilatish zarur, aks holda chegirmalar bilan paketlardan foydalansa bo‘lmaydi. Agar ilova hali o‘rnatilmagan bo‘lsa, uni kompaniyaning rasmiy saytidan, shuningdek, Play Market, App Store va Market Place dan yuklab olish mumkin.

Chegirmalar bilan internet-paketlar, “Klik” va “Asosiy” tariflaridan tashqari, oldindan to‘lov tizimidagi barcha tarif rejalarida mavjud bo‘lib, faqatgina O‘zbekiston hududida amal qiladi.

Batafsil ma'lumotni www.beeline.uz saytida va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida topish mumkin.

Top