11:34 / 15.07.2015
2024

Bektemirda uch nafar talonchi qo‘lga olindi

Toshkentning Bektemir tumanida uch noma'lum shaxs yolg‘iz ayolning uyiga bostirib kirib, uning 80 ming so‘m pulini va Nokia telefonini olib ketdi. Shuningdek, IIV matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, ular uy hujjatlarini ham olib ketgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan operativ tadbir natijasida jinoyatchilar qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, ular 22 yoshli xatirchilik yigit hamda O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 21 va 19 yoshli qizlar ekan.

Top