14:20 / 15.07.2015
5471

Farg‘ona vodiysi janubida sel kelishi mumkin

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati Farg‘ona vodiysining janubiy qismidagi daryolar o‘zanidan toshishi va tog‘li hududlarda qor hamda muzlarning erishi oqibatida sel yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Ma'lum qilinishicha, 19 iyul kunigacha yuz beradigan issiq harorat tog‘lardagi muzlarning ko‘p miqdorda erishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Biroz oldinroq, 18-19 iyul kunlari davomida O‘zbekiston bo‘ylab havo haroratining 44 darajagacha isishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Top