13:20 / 15.07.2015
3003

Fedor Yemelyanenko Rossiya sport vaziri Mutkoning maslahatchisi lavozimini tark etdi

2012 yilning noyabridan beri Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutkoning maslahatchisi sifatida ishlab kelgan aralash jang san'atlari ustasi Fedor Yemelyanenko iste'fo berdi.
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati boshlig‘i Lyudmila Derevyanko ma'lum qilgan.

Sportchining murabbiyi Vladimir Voronovning TASS nashirga xabar qilishicha, Yemelyanenko yaxshi jismoniy holatda va u janglarda ishtirok etishga tayyor.

"Fedor yaxshi sport formasini saqlab qolgan. U o‘z faoliyatida yangi yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun ringlarga ko‘tarilishga tayyor holatda. Uning jarohatlari butunlay tuzalgan", deydi murabbiy.

Yemelyanenkoning aynan qachon janglarda ishtirok eta boshlashiga aniqlik kiritilmagan.

Xabarlarga ko‘ra, uning qaytishidagi ilk janglar braziliyalik Fabrisio Verdumga qarshi o‘tkazilishi mumkin.

Top