09:25 / 15.07.2015
2589

Isroil bosh vaziri Obamaga Eron borasidagi xavotirlarini bildirdi

Isroil bosh vaziri Binyam Netanyahu AQSh prezidenti Barak Obama bilan telefon orqali suhbatida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv Isroil va butun dunyoning xavfsizligiga tahdid solishini aytdi, deb yozmoqda Haaretz nashri.

Isroil bosh vaziri devonxonasida Netanyahu Eron bilan kelishuvda ikkita asosiy xavfni ko‘rayotgani ta'kidlab o‘tildi.

“Eronga ushbu kelishuv 10-15 yil ichida yoki undan avvalroq, biroq kelishuvni buzgan holda yadroviy qurol olish imkonini beradi”, deb hisoblanmoqda Isroilda.

Netanyahuning fikricha, yana bir muammo “Eron terrorchilik va harbiy mashinasi”ning moliyalashtirilishi bo‘lib, u Isroil va butun dunyoga xavf soladi.

Top