12:24 / 15.07.2015
1879

KPR Sterlingning transferidan 9,8 mln funt ishlab oldi

14 iyul kuni "Manchester Siti"ning yangi a'zosi sifatida tanishtirilgan Rahim Sterling o‘zini futbolchi sifatida tarbiyalagan KPR jamoasiga 9,8 mln funt daromad keltirdi.

"Manchester Siti" bu 20 yoshli futbolchini "Liverpul"dan 49 mln funt evaziga transfer qildi. Sterling 5 yil oldin KPR akademiyasidan "Liverpul"ga 500 ming funt evaziga olib kelingan va uning shartnomasida bu futbolchi boshqa jamoaga transfer qilinganida, bu transfer summasining 20 foizi KPR hisobiga kelib tushishi haqida band belgilangan edi.

Shu tariqa, "shaharliklar" u uchun to‘laydigan 49 mln funtning 20 foizi, ya'ni 9,8 mln funt Londonning KPR jamoasiga o‘tadi.

Top