09:19 / 15.07.2015
1877

Misr Eron bo‘yicha kelishuv Yaqin Sharqda qurollanish poygasiga olib kelmasligiga umid bildirmoqda

Misr Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha Eron va xalqaro vositachilar “oltiligi” orasida imzolangan kelishuv Yaqin Sharqda qurollanish poygasiga olib kelmasligiga umid bildirmoqda. Bu haqda Misr Tashqi ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

“Misr Tashqi ishlar vazirligi vakili ikki tomon o‘rtasidagi kelishuv Yaqin Sharqdagi qurollanish poygasini bartaraf etishi hamda mintaqani barcha ommaviy qirg‘in qurollaridan xalos etishiga umid bildirmoqda”, deyilmoqda bayonotda.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha Eron va xalqaro vositachilar “oltiligi” orasida erishilgan kelishuv qurol-aslaha tarqatmaslik rejimi uchun hech qanday salbiy oqibatlarni yaratmasligi va Yaqin Sharqda qurollanish poygasiga olib kelmasligini ta'kidlab o‘tgan edi.

Top