11:32 / 15.07.2015
4675

Namanganda poraxo‘r militsiyachi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Namangan viloyati Uychi tuman IIBda ishlovchi 31 yoshli profilaktika inspektori pora olish paytida qo‘lga olindi. Bu haqda “Diyonat” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, ismi keltirilmagan militsiya xodimi tumanda yashovchi ayolning arizasini ko‘rib chiqish paytida ayblanayotgan erkakdan “ishni yopvorish” uchun 400 dollar so‘ragan. Erkak unga 100 dollar va 200 ming so‘m bergan.

Militsioner unga tinimsiz telefon qilib, poraning qolgan qismini berishni talab qilaverganidang so‘ng u Milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat qilgan. Militsiyachi pora olish paytida qo‘lga olingan.

Top