10:02 / 15.07.2015
13189

Obama haqidagi filmning suratga olish jarayonidan olingan ilk suratlar chop etildi

AQSh prezidenti Barak Obama haqidagi filmning suratga olish jarayonidan olingan ilk suratlar chop etildi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar bermoqda.

Barak va Mishel Obamaning bir oila bo‘lishi haqida so‘zlovchi bu filmda Obamaning rolini aktyor Parker Soyyers, Mishel Obamaning rolini esa Tika Stampter ijro etgan.

“Southside With You” deb nomlangan bu filmda 1989 yilning yozida AQShning bo‘lg‘usi prezidenti o‘zining rafiqasi bilan qanday tanishgani voqeasi tasvirlanadi.

Top