00:50 / 15.07.2015
2519

Putin internet orqali saylovlarda ovoz berishga yo‘l qo‘yish imkoniyati borligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Klyazmadagi fikrlar hududi” anjumanida Rossiyada internet orqali saylovlarda ovoz berishni tashkil etish imkoniyati borligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

Biroq prezident bu jiddiy masala bo‘lib, u Davlat Dumasi, Markaziy saylov qo‘mitasi va ma'lumotlarni himoya qilish sohasidagi mutaxassislar bilan muhokama qilinishi kerakligini aytdi.

Putin buni amalga oshirish uchun Rossiyada kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi yetarlicha miqdorda muvaffaqiyatli kompaniyalar mavjudligini ta'kidlab o‘tdi.

Top