16:09 / 15.07.2015
18001

Qozog‘istonlik 16 yoshli qiz ijtimoiy tarmoqda uch marta yozishgan yigitga turmushga chiqdi

Qozog‘istonning Oqtepa shahrida istiqomat qiluvchi maktab yoshidagi qiz ijtimoiy tarmoqlarda radikal diniy qarashlarga berilgan tengdoshi bilan uch marta yozishib, unga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi. Ularning nikohi bir oy davom etdi, shundan so‘ng o‘smir qizni taloq qilib, uning sinfdoshiga uylandi.
Bu voqea haqida Dinlar tadqiqotlari markazlari uyushmasi direktori Yuliya Denisenko “Uralskaya nedelya” gazetasiga bergan intervyusida hikoya qilib berdi. Markaz o‘sha qizga radikal oqim vakillari bilan muloqotdan keyin reabilitatsiya o‘tashga yordam bergan edi.
Denisenkoning ta'kidlashicha, bunday holatlar tez-tez uchrab turadi:
“O‘tgan yili Qozog‘iston g‘arbida bunday holatlar ko‘p kuzatildi. 16-17 yoshli maktab o‘quvchilari internet orqali diniy oqimga kirib qolgan yigitlar bilan tanishib, uch marta suhbatdan so‘ng nikohdan o‘tishgan. Biz mana shunday to‘rga ilingan bir qizga yordam ko‘rsatganmiz”.

Top