10:31 / 15.07.2015
1959

«Shaxtyor» Ukraina Superkubogini qo‘lga kiritdi

"Shaxtyor" klubi Ukraina Superkubogi uchun bahsda "Dinamo"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi har ikki gol ham qo‘shimcha vaqtlarda urildi Srna (90+2 — pen), Bernard (90+4).

Shu tariqa, donetskliklar klubi o‘z tarixida yettinchi marta bu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Aytish kerakki, "Shaxtyor" mazkur musobaqada ketma-ket to‘rtinchi bor g‘alaba qozonmoqda.

«Dinamo» (Kiyev) — «Shaxter» — 0:2
Gollar: Srna, 90+2 — pen.; Bernard, 90+4.
Ogohlantirishlar: Sidorchuk, 27; Dragovich, 53; Silva, 55; Rybalka, 56; Vida, 73; Kravets, 90+3 — Fred, 69; Teysheyra, 86; Srna, 90+2.

Chetlatishlar: Shovkovskiy, 90; Rybalka, 90+6 (ikkalasi— «Dinamo»).

Top