12:35 / 15.07.2015
2489

Toshkentda 7 ming dollar va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan o‘g‘ri qo‘lga olindi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga 1983 yili tug‘ilgan Zilola ismli ayol murojaat qilib, uyiga o‘g‘ri kirgani, 7 ming dollar pul va 3ta zargarlik buyumini o‘g‘irlab ketganini ma'lum qildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea joyiga yetib borgan operativ guruh olib borgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatchi tez orada qo‘lga olindi. U 1982 yili tug‘ilgan Pavel ismli shaxs bo‘lib chiqdi.

Top