01:22 / 15.07.2015
3265

Urganchda “O‘zbekistonda hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi

2015 yilning 24 iyul kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Hakamlik sudlari xodimlari hamda hakamlik sudyalari ishtirokida “O‘zbekistonda hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm viloyatlari hududiy boshqarmalari, viloyat xo‘jalik sudlari, O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi, tijorat banklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadilar.
Seminarda “Hakamlik sudlari faoliyatning huquqiy asoslari, nizolarni hal qilishdagi roli va ahamiyati”, “Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari” va boshqa mavzularda ma'ruzalar o‘qib eshittirilishi rejalashtirilgan.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar beriladi.

Top