01:09 / 15.07.2015
2034

Vitaliy Mutko Rossiya futbol ittifoqi prezidenti lavozimi uchun saylovlarda ishtirok etishga rozi bo‘ldi

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Rossiya futbol ittifoqi prezidenti lavozimi uchun saylovlarda ishtirok etishga rozilik berdi.

Avvalroq Dmitriy Medvedev Mutkoga RFI rahbari va sport vaziri lavozimlarida bir paytda ishlashiga ruxsat bergan edi.

“Men o‘z roziligimni berdim, deyishim mumkin. Meni bu lavozimga nomzodimni taklif qilgan barcha tashkilotlarga minnatdorchiligimni bildiraman. Ular bilan birga anjumanga tayyorgarlik ko‘ramiz. Unda RFI prezidenti lavozimiga nomzoddek ishtirok etaman. Agar bu lavozimga saylansam, unda hamma bilan birga muammolarni hal qilaman.

Rossiya futboli o‘z mahoratini takomillashtirishi va milliy jamoaga o‘yinchilarni tayyorlashi kerak”, deb aytmoqda Mutko

31 may kuni Nikolay Tolstix RFI rahbari lavozimidan muddatidan avval ketdi. Uning o‘rnini RFI birinchi vitse-prezidenti Nikita Simonyan vaqtinchalik egallamoqda.

RFIning navbatdan tashqari anjumani 2 sentabrda bo‘ladi, saylovlarda ishtirok etish uchun arizalar 24 iyulgacha qabul qilinadi.

Top