02:05 / 16.07.2015
3933

“Barselona” Turon va Vidal nazorat uchrashuvlarida ishtirok eta olmasliklarini ma'lum qildi

“Barselona” futbol jamoasining ikkita yangi a'zosi o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘ynay olmaydilar.

“Barsa” bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa Arda Turon va Aleysha Vidalni asosiy tarkibga qo‘sha olmasa ham, biroq ular nazorat uchrashuvlari orqali jamoaning o‘ynash uslubiga qo‘nikishlari kerakligini aytgan edi.

Biroq FIFA “Barsa”ni transfer taqiqlovi o‘rtoqlik uchrashuvlariga ham tegishli ekanidan xabardor qildi, shuning uchun yangi o‘yinchilar faqatgina jamoa bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Turon va Vidal 2016 yilning yanvar oyidan “Barsa” tarkibida rasman o‘ynay olishlari mumkin bo‘ladi.

Top