17:11 / 16.07.2015
9349

“Rossiya vertolyotlari” O‘zbekistonga bitta Mi-8 yetkazib berdi

“Rossiya vertolyotlari” xoldingi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga bitta Mi-8MTV-1 vertolyotini yetkazib berdi. Bu haqda aviakompaniya vakiliga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bu boradagi 12.7 mln dollarlik shartnoma 2014 yil yanvarida imzolangan edi. Moliyalashtirish O‘zbekiston aviakompaniyasi hisobidan amalga oshirildi.
Vertolyot “O‘zbekiston havo yo‘llari” tarkibiga kiruvchi “Maxsus aviatsion ishlar aviakompaniyasi” tomonidan ekspluatatsiya qilinadi. Ushbu bo‘linma 1997 yili maxsus aviatsion ishlar o‘tkazish uchun tashkil qilingan edi. Bo‘linma parki Mi-8MTV-1 rusumidagi 7 vertolyotni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, transport va yo‘lovchi variantlaridagi An-2 samolyotlarini o‘z ichiga oladi.

Top