22:52 / 16.07.2015
4475

“Taxtlar o‘yini” (“Igra prestolov”) seriali Emmy Awards mukofotining 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha nomzodi qo‘yildi

“Taxtlar o‘yini” (“Igra prestolov”) seriali Emmy Awards mukofotining 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha bosh mukofotga da'vogarlik qiladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Bu borada ushbu serial rekord natijani qayd qildi.

Serial nomzodi ko‘rsatilgan yo‘nalishlar orasida “Eng yaxshi dramatik serial” yo‘nalishi eng asosiysi hisoblanadi. Bu borada “Taxtlar o‘yini” bilan “Kartadan yasalgan uy”, “Daunton abbatligi”, “Aqlsizlar”, “Vatan”, “Pushti rang – mavsum xiti” va “Yaxshisi Solga qo‘ng‘iroq qiling” seriallari bellashadi.

“Eng yaxshi komediya” yo‘nalishi bo‘yicha “Amerikalik oila”, “Vitse-prezident”, “Oydin narsa”, “Lui”, “Bukilmas Kimmi Shmidt”, “Kremniy vodiysi” va “Dam olish bog‘lari va zonalari” seriallari bellashadi.

Mukofot sovrindorlari nomi 20 sentabrda ma'lum bo‘ladi.

Top