09:28 / 16.07.2015
2931

Donald Trampning boyligi 10 mlrd dollardan ortiq ekani ma'lum bo‘ldi

Amerikalik milliarder va AQSh prezidentligi uchun saylovga respublikachilar partiyasidan o‘z nomzodini qo‘ygan Donald Tramp o‘zining moliyaviy ahvoli haqidagi hujjatlarni ommaga oshkor etdi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar yozgan.

Hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, Trampning umumiy boyligi 10 mlrd dollardan ortiqni tashkil etadi. Bu holatda, Tramp AQSh tarixida prezidentlik uchun o‘z nomzodini qo‘ygan eng badavlat kishi sifatida qayd etiladi.

Biroz oldinroq, amerikaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, Trampning nufuzi uning respublikachi nomzodlar orasidagi asosiy raqibi sifatida qaralayotgan Jyeb Bushnikidan oshib ketgani ma'lum bo‘lgandi.

Top