07:21 / 16.07.2015
3835

Gretsiya parlamenti islohotlar haqida qonun qabul qildi

Gretsiya parlamenti Yevropa qo‘llab-quvvatlash mexanizmi (ESM) bilan dastlabki kelishuvga erishish doirasida yangi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar bergan.

Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakat uchun yangi kredit dasturi joriy qilinishiga yo‘l beradi.

Xabar qilinishicha, ushbu qonun uchun 229 nafar deputat rozilik bildirgan, 64 kishi qarshi chiqqan hamda 6 nafar deputat betaraf qolgan.

Rozilik bildirganlarning aksar qismi SIRIZA va "Mustaqil greklar" partiyasi vakillari hisoblanishadi.

O‘z navbatida, bu qonunga qarshi bo‘lganlar orasida Gretsiya Energetika vaziri Panayotis Lafanazis va sobiq moliya vaziri Yannis Varufakis ham bor.

Yevroguruh 16 iyul kuni Gretsiya inqirozi bo‘yicha yana bir muhokama o‘tkazadi.

Top