20:53 / 16.07.2015
2161

Hindiston shimoli-sharqida 65 ming kishi toshqinlar tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi

Hindiston shimoli-sharqida joylashgan Assam shtatida kuchli toshqindan keyin 65 mingdan ziyodroq odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.

Bu haqda Assam shtati tabiiy ofatlar bilan kurashish boshqarmasi hisobotida aytilmoqda.

“8 kundan beri tinmayotgan ekstremal darajadagi jalalar oqibatida Dxemaji, Lakximpur va Sontipur tumanlarida 160 dan ortiq qishloq suv ostida qoldi. Bu tumandagi 65 mingdan ko‘proq aholi o‘z uylarini tark etib, xavfsiz joylarda boshpana topishga majbur bo‘lmoqdalar”, deb aytilmoqda hisobotda.

Evakuatsiya qilingan aholi shtat hokimiyati tomonidan tashkil etilgan vaqtinchalik lagerlarga joylashtirildilar. Hozirdayoq hududga yetkazilgan ziyon kamida 450 ming dollarga baholanmoqda. Zararlar miqdori oshishi aytilmoqda, chunki toshqin oqibatida bir qator hududlarda bo‘lg‘usi hosil to‘liq nobud bo‘lgan. 1600 gektar ekin maydonlari, 5 ta yirik avtomagistral suv ostida qolgan, umumiy uzunligi 15 km dan ko‘proq temir yo‘l izi yuvilib ketgan.

Mahalliy meteologlarning prognozlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Assam shtatidagi kuchli jalalar to‘xtamaydi. Shu munosabat bilan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish xizmatlari qutqaruv guruhlari va javob berish milliy kuchlari yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan.

Top