16:08 / 16.07.2015
3453

Huawei Hindistonda smartfon ishlab chiqara boshlaydi

Xitoyning telekommunikatsion mahsulot ishlab chiqaruvchi Huawei kompaniyasi Hindistonda smartfon ishlab chiqarish litsenziyasi uchun tanlovda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Reuters agentligining yozishicha, u Hindiston bozoridagi Xitoyning birinchi yirik ishlab chiqaruvchisi bo‘ladi.
Qaror Xitoy kompaniyasining litsenziya bo‘yicha birinchi murojaatidan 19 oy o‘tib kuchga kiradi. Bunday muddatning belgilanishi Hindiston milliy xavfsizligini ta'minlash borasida zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish uchun talab qilinadi.
Shuningdek, bu Hindiston bosh vaziri Narendra Modining “Hindistonda ishlab chiqarilgan” kampaniyasi doirasida tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
Hindiston bozorida 975 mln mobil abonent mavjud. Ulardan 150 mln nafari xorijiy smartfonlardan foydalanadi. HSBC hisobotiga ko‘ra, bu son yiliga 26 foizga oshib boradi.

Top