23:21 / 16.07.2015
2930

Instagram ishida nosozlik sodir bo‘ldi

Instagram ishida nosozlik yuzaga keldi, deb xabar bermoqda PzFeed portali.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar lentani yangilay olmayaptilar yoki profilga avtomatik kirishni amalga oshira olmayaptilar.

Instagram tvitterida nosozliklarni bartaraf etish uchun faol tarzda ish olib borilayotgani ma'lum qilindi.

Ushbu muammo qachon hal qilinishi haqida ma'lumot berilmagan.

Foydalanuvchilar ushbu muammoga turlicha qaramoqdalar: ba'zilar “men o‘lyapman” deb yozgan bo‘lsa, ba'zilar tanaffus uchun serverga minnatdorilik bildirishmoqda.

Top