23:08 / 16.07.2015
2840

Manjukich “Yuventus”ning yangi o‘ynchisi sifatida tanishtirildi

16 iyul kuni Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Mario Manjukich “Yuventus”ning yangi o‘ynchisi sifatida tanishtirildi.

“Mening “Yuventus”ga o‘tishimning sababi oddiy. Bu buyuk klub. Bu qarorga kelishim qiyin bo‘lmadi.

Bu klubga o‘tishimga yana bir sabab bor – endi men “Yuventus”ga qarshi o‘ynashimga to‘g‘ri kelmaydi.

“Yuventus” unvonlarni qo‘lga kiritishga o‘rganib qolgan. Umid qilamanki, men ham bu an'anani qo‘llab-quvvatlashda o‘z hissamni qo‘sha olaman”, deb aytdi Manjukich ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

29 yoshli hujumchi turinliklar bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. “Yuventus” futbolchi uchun “Atletiko”ga uch bosqichda 19 mln yevro to‘laydi.

Top