18:00 / 16.07.2015
8828

Marokashdagi masjiddan chiqqan sichqon 80 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi

Marokashning Kasablanka (ad-Dorul Bayda) shahridagi masjidda sichqon paydo bo‘lishi tufayli yuzaga kelgan kishilar tiqilinchida 80 dan oshiq kishi, asosan ayollar jabrlanishdi.
Hodisa Ramazonning 27 Qadr kechasini o‘tkazish uchun yuzlab kishilar yig‘ilgan paytda sodir bo‘lgan. Morocco World News yangiliklar portalining xabar berishicha, vahima sichqon ayollardan biriga sakraganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Yuzaga kelgan tiqilinchda 81 kishi jabrlangan. Bir homilador ayolning oyog‘i ikki joyidan singan, ammo ko‘pchilik yengil jarohat olgan.
Tibbiy muassasalarga 70 ayol murojaat qilgan.

Top