13:32 / 16.07.2015
2737

Moody's O‘zbekiston banklarining barqaror rivojlanishini aytdi

Moody's Investors Servicea xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston bank tizimining barqaror rivojlanish bashoratlarini tasdiqladi. Bu agentlikning tegishli hisobotida aks etgan.

Ekspertlar fikricha, O‘zbekiston banklari 12-18 oy davomida o‘z daromad ko‘rsatkichlarini saqlab turadi. Ulardan eng asosiylari – aktivlar va kapital rentabelligi 1.5 va 13-15 foiz darajasida turibdi.
Bunday bashoratlarga omil bo‘lgan sabablar sirasida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va likvidlikning barqaror darajasi, mijozlar depozitlarining o‘sishi va moliyaviy resurslarning katta hajmi tilga olindi.

Kreditlashning 20 foizga o‘sishi munosabati bilan kapital yetarliligi koeffitsiyenti O‘zbekiston banklarida yaqin 1.5 yil ichida 13 foizga tushishi mumkin. 2014 yil oxirida bu ko‘rsatkich 17.4 foizga teng bo‘lgan edi.

Top