14:05 / 16.07.2015
2161

«MYu» Serxio Ramos uchun taklif qilingan mablag‘ni 60 million yevroga oshirmoqchi

"Manchester Yunayted" Serxio Ramosni sotib olish bo‘yicha harakatlarida navbatdagi qadamni tashladi.

As nashrida xabar qilinishicha, inglizlar himoyachi uchun 60 million yevro taklif qilmoqchi. Eslatib o‘tamiz, avvalgi 45 million yevrolik taklif "Real" tomonidan rad etilgan.

"MYu" bu taklifni boshqa oshirmoqchi emas va "Real" prezidenti Florentino Peres rozi bo‘lishiga ishonishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Peres Ramosning transfer summasi 90 million yevroni tashkil qilishini aytgan.

Serxio Ramosning o‘zi jamoani tark etish niyatini bildirgan. Bunga "Real" o‘zi uchun yiliga 10 mln yevro maosh berishga rozi bo‘lmagani sabab sifatida qaralmoqda. "MYu" esa Ramos uchun 5 yil davomida 55 mln yevro maosh taklif qilgan.

Top