10:01 / 16.07.2015
3049

Pokiston harbiylari “Tahriki Tolibon Pokiston”ning qoldiqlarini yo‘q qilmoqda

“Tahriki Tolibon Pokiston” guruhi jangarilari Pokiston hukumat qo‘shinlari tomonidan mag‘lub etildi. Bulujistonda olib borilgan harbiy amaliyotlarning jangarilarning butunlay siqib chiqarilishiga yordam berdi.

“Jangarilar mag‘lubiyatga uchratildi, biz ularning Bilujistondagi ildizini qo‘porib tashladik, – dedi xavfsizlik kuchlari katta xodimi Muhammad Imron “O‘rta Osiyo internetda” nashriga bergan intervyusida. – Biz yaqinda Bilujistonning chegara tumanlarida diniy xodimlar niqobi ostida targ‘ibot olib borayotgan jangarilarni qo‘lga oldik”.

Uning so‘zlariga qaraganda, 2014 yil iyunida Shimoliy Vaziristonda boshlangan “Zarbi Azb” operatsiyasidan so‘ng milliy xavfsizlik organlari tinimsiz ravishda vaziyatning rivojini kuzatib borgan.

Shimoliy Vaziristondagi mag‘lubiyatdan so‘ng jangarilar chekinib, Bilujistonda o‘z ta'sirlarini tiklashga harakat qilishdi. Rasmiy hisobotda aytilishicha, ular o‘zlarini mahalliy aholi vakillari yoki afg‘onistonlik qochqinlar qilib ko‘rsatishga intilgan. Shunga qaramay, ularning aksariyati qo‘lga olingan.

Top