23:34 / 16.07.2015
4567

Rossiya Federal migratsiya xizmati xorijiy mutaxassislar uchun ishlashga ruxsat berish tartibini soddalashtirmoqda

Rossiya Federal migratsiya xizmati Yevropa biznesi uyushmasi bilan birgalikda yuqori malakali xorijiy mutaxassislar uchun ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirdi.

Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy loyiha taqdimotida xizmat “Texnoserv” kompaniyasi bilan birgalikda Yevropa biznesi uyushmasiga ishlashni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni masofadan turib jo‘natish imkonini beradigan loyiha ishlab chiqayotganini ma'lum qildi. Romodanovskiyning aytishicha, loyiha xorijliklarga ishlash uchun ruxsatni rasmiylashtirishda korrupsiya holatlariga qarshi kurashishga yordam beradi.

Top