15:16 / 16.07.2015
2762

Shvetsiya bosh vaziri Efiopiya safaridan qaytgach, shifoxonaga yotqizildi

Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven Efiopiyadan qaytib kelgach, shifoxonaga tushib qoldi. Bu haqda Aftonbladet nashri xabar bergan.

Bosh vazirning matbuot kotibi Anna Ekbergning ma'lum qilishicha, Lyovenda qattiq tashnalik holati kuzatilgach, tez tibbiy yordam mashinasi chaqirilgan.

Aeroportdagilar u samolyotdan tushib kelganida o‘zini yaxshi his qilayotgan bo‘lganini aytishgan.

Qayd etilishicha, Lyoven Efiopiyaga safari vaqtida BMTning bir qator konferensiyalarida ishtirok etgan.

Top