18:25 / 16.07.2015
2531

Tokioda 20 ming kishi harbiylarning vakolatlari kengayishiga qarshi norozilik bildirmoqda

Tokioda qurolli kuchlarning vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. TASS agentligining xabar berishicha, namoyishda 20 ming kishi ishtirok etmoqda.

Ilgariroq Yaponiya parlamenti quyi palatasi harbiylarning vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma'qullagani xabar qilingan edi. Bunday qaror ko‘plab e'tirozlarga va bosh vazir Sindzo Abe reytingining tushishiga olib keldi. Bosh vazirning fikricha, mamlakatning xavfsizlik masalasidagi qat'iy pozitsiyasi yangi tahdidlar, shu jumladan, Xitoyning faollashuviga javobdir.

Top