01:35 / 16.07.2015
6729

Toshkentlik deputatlar to‘ylar va marosimlarning ortiqcha dabdabasiz o‘tishi uchun choralar ko‘rmoqdalar

Toshkentlik deputatlar to‘ylar va marosimlarni ortiqcha sarf-xarajatsiz va dabdabasiz, odmigina qilib o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil qiladilar.
Aholining tinchligini saqlash maqsadida 23:00 dan 06:00 gacha to‘y, tantanali marosimlar va oilaviy tadbirlar bilan bog‘liq vaziyatlarda baland ovozda qo‘shiq va musiqa ijro etish, ovozli signallar va ovozni kuchaytirish uchun texnik vositalarni qo‘llash, restoran, qahvaxona, marosimlar zallari, uylar va ko‘chalarda shovqin ko‘tarishga taqiqlov kiritilgan.

Ushbu maqsadlarda shahar bo‘ylab kelin-kuyovlar va ularning yaqinlarining sayr qilishlarida yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatish, to‘y va marosimlarni ortiqcha dabdabasiz, odmi o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida bu borada jamoatchilik fikri bilan hisoblashmaydigan fuqarolarning xatti-harakatlarini muhokama qilish tavsiya qilingan.

Top