13:48 / 17.07.2015
3673

“Farhod va Shirin” ukrain tiliga tarjima qilindi

Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni ukrain tiliga tarjima qilindi. “Jahon” axborot agentligining xabar qilishicha, tarjima tez kunlarda Ukrainada nashr qilinadi.
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi tomonidan “ADeF-Ukraina” noshirlik uyi bilan hamkorlikda hamda “UkrUzAvto” kompaniyasining moliyaviy ko‘magida nashrga tayyorlangan kitobda asar o‘zbek va ukrain tillarida taqdim etiladi.

1940 yillarda ukrain shoiri Nikolay Bajan dostonning asosiy qismini tarjima qilgan edi. Ukrainalik ekspertlar va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi xodimlari hamkorligida asarning qolgan qismlari ham tarjima qilindi.

336 betli kitob “Farhod va Shirin”ning original nusxalaridan olingan skanlar bilan boyitilgan. Shuningdek, u eksklyuziv dizaynerlik qog‘ozida rangli nashrda chop etiladi. Har bir sahifa XV asr tillarang naqshlari bilan bezalgan.
Kelajakda doston ingliz, fransuz, nemis va turk tillariga o‘girilishi rejalashtirilmoqda.

Top