15:01 / 17.07.2015
2485

Bastian Shvaynshtayger: "Bavariya" katta jamoa, lekin "MYu" undan ham kattaroq

"Manchester Yunayted"ning germaniyalik yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger o‘zining yangi va sobiq jamoalarini o‘zaro taqqosladi.

"Men yangi jamoamga sovrinlar olib berishga kafolat bera olmayman. Lekin biz yangi mavsumda sovrinlarga ega chiqish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.
Bilamanki, "Manchester Yunayted" o‘zining g‘alabali davrlariga qaytmoqchi va bunga erishadi ham. "Bavariya" katta jamoa, lekin "MYu" undan ham kattaroq jamoa. Men shunga guvoh bo‘layapman.
Bu jamoada sovrinlarga ega chiqish uchun yanada kataroq imkoniyatlar mavjud", deydi futbolchi.

Top