19:16 / 17.07.2015
5821

Bishkekda yo‘q qilingan terrorchilar Rossiya aviabazasida terakt amalga oshirishni rejalashtirganlari ma'lum bo‘ldi

Bishkekda 16 iyul kuni aksilterrorchilik operatsiyasida 4 nafar jangari yo‘q qilindi, 7 nafari qo‘lga olindi.

Bishkekda yo‘q qilingan terrorchilar Kantdagi Rossiya aviabazasida terakt amalga oshirishni rejalashtirganlari ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Bu yashirin terrorchilik guruhi 17 iyulda – Ramazon hayiti kuni odamlar ko‘p bo‘lgan joylarda va Qirg‘iziston shimolida joylashgan Chuy viloyati Qant shahridagi Rossiya Mudofaa vazirligining aviabazasida teraktlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan va ularga tayyorgarlik ko‘rgan”, deb aytilmoqda xavfsizlik qo‘mitasida.

Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarosi Jonbo‘lat Amirov boshchiligidagi jangarilar IShID terrorchilik guruhi a'zolari bo‘lganlar.

Top