11:19 / 17.07.2015
1709

Devidson FIFA ishi bo‘yicha tergov bilan hamkorlik qilishga tayyor

Amerikalik sport amaldori, FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri Aaron Devidson AQSh adliyasi bilan hamkorlik qilish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
May oyi oxirida Tsyurixda korrupsiyada gumon qilinib FIFAning bir qator mansabdor shaxslari qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ayblovlar ilgari surildi.

Mayamidagi Traffic Group marketing kompaniyasi bo‘linmasi rahbari bo‘lgan Devidson, AQSh prokurorlarining Bruklin federal sudiga yozgan maktubida ta'kidlanishicha, ko‘pdan buyon tergov bilan muzokaralar olib bormoqda. O‘zaro kelishuvga erishilgan taqdirda u tergovchilarga muhim ma'lumotlarni keltiradi va asosiy guvohga aylanadi. Xat Devidson ishi bo‘yicha o‘tkaziladigan sud majlisi arafasida yo‘llandi.

Devidson media va marketing shartnomalarini ta'minlash uchun 1 mln dollar pora olishda ayblanmoqda. May oyida Shimoliy Amerika futbol ligasi (NASL) uning tashkilotdagi a'zoligi vaqtinchalik to‘xtatdi, keyinchalik u FIFA tomonidan futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Top