16:19 / 17.07.2015
1750

Yevrokomissiya Germanwings samolyotining qulashidan so‘ng uchuvchilar uchun tartib-qoidani qattiqlashtiradi

Yevrokomissiyaga yo‘llangan yangi tavsiyalarga binoan barcha uchuvchilar psixiatr tekshiruvidan o‘tishi va tibbiy tashriflar haqida hisobot topshirish talab etiladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
O‘zgartishlar Germanwings kompaniyasiga tegishli samolyotning halokati tufayli muhokamaga kiritildi.
Yevropa aviatsiya xavfsizligi idorasi ham uchuvchilar o‘rtasida giyohvand moddalar va ichkilikka tasodifiy tekshiruvlar o‘tkazishni tavsiya qildi.
150 kishini hayotdan olib ketgan halokat yuzasidan olib borilgan tekshiruv ishlari ikkinchi uchuvchi sevgan qizi bilan ajrashganiga dosh bera olmay tushkunlikda qolgani va shu sababli laynerni halok qilganini ko‘rsatgan edi.

Top