11:17 / 17.07.2015
3655

KXDR vakillari birinchi marta Seul xavfsizlik dialogiga taklif qilindi

Shimoliy Koreya vakillari birinchi marta mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha Seul dialogiga taklif qilindi. Bu haqda Renxap agentligi xabar bermoqda.
“2012 yili forum o‘tkazish boshlangandan buyon Janubiy Koreya birinchi marta unda ishtirok etish uchun KXDR vakillarini taklif qilmoqda”, – dedi agentlikka Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakili.
Tadbirda 30 nafar mintaqa mudofaa vazirlarining o‘rinbosarlari ishtirok etadi.

Top