22:11 / 17.07.2015
5063

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar bermoqda UzA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident
Janobi Oliylari!

Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Sizga va mamlakatingiz xalqiga men va rafiqam Mishel Amerika xalqi nomidan eng yaxshi tilaklarimizni yo‘llaymiz.

Butun dunyo musulmonlari qatori bizning ko‘p sonli va faol amerikalik musulmonlar jamoasi ham Ramazon oyi davomida ma'naviy-ruhiy yangilanish va sidqidildan ado etilgan amallar orqali Yaratganga yanada yaqinroq bo‘lishga intildi.

Bu oy iymon-e'tiqod tufayli anglab yetiladigan, o‘z vaqtini yaqin kishilar davrasida o‘tkazish, nochor va muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, aqlu zakovat va tinchlik haqida fikr-mulohaza yuritish damlari bo‘ldi. Shu bilan birga, bu oyda ro‘za tutish va ibodat an'analari bizning barchamiz e'zozlaydigan umumbashariy qadriyatlarni yodga soldi.

Kirib kelayotgan yil Sizga shodlik va quvonch, farovonlik va baxt olib kelsin. Hayitingiz muborak bo‘lsin!

Samimiyat ila,

Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Prezidenti

Shu jumladan:

Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Al Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Abu Dabi Amirligi Valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Iordaniya Podshohi Abdulloh Ikkinchi bin al-Husayn;

O‘mon Sultoni Qobus bin Said;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn As-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon;

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev;

Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi Iyad bin Amin Madaniy

yo‘llagan tabriklarda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda. .

Top