14:50 / 17.07.2015
13855

Oliy ta'lim muassasalari uchun "TALABA-KONTRAKT" dasturi ishlab chiqildi

Dasturchi Shamsitdinov Salohiddin Qamardinovich tomonidan oliy ta'lim muassasalari uchun "TALABA-KONTRAKT" dasturi ishlab chiqdi.

Mazkur dasturiy majmua oliy ta'lim muassasasi (OTM) talabalari bo‘yicha ma'lumotlar bazasini yaratish, bu ma'lumotlar bazasidan foydalanib, shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar bo‘yicha barcha hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantirish uchun mo‘ljallangan.

Dastur talabaning shartnoma bo‘yicha qarzdorligi haqidagi ma'lumot; talaba uchun to‘langan barcha to‘lovlar (sana, hujjat raqami, hisob raqam egasi va uning ismi); talabalarga stipendiya tayinlash haqida guruhlar bo‘yicha buyruqlar; OTM bo‘yicha, fakultet bo‘yicha va guruhlar bo‘yicha qarzdorlar ro‘yxati; zarurat paytida OTM bo‘yicha tezkor hisobot (talabalar kontingenti fakultet, yo‘nalishlar, kurslar, guruhlar kesimida); ma'lumotlar bazasidan statistik ma'lumotlarni tayyorlash imkoniyatiga ega. 

Mazkur dastur muallifiga № DGU 03122 raqamli guvohnoma berildi. 

Top