Xalqaro Paralimpiya Qo'mitasi va Suzish Xalqaro Federatsiyasi patronaji ostida Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida joriy yilning 13-19 iyul kunlari bo'lib o'tayotgan suzish bo'yicha Jahon Chempionatida o'zbekistonlik sportchi Dmitriy Xorlin 400 m. erkin suzishda bronza medalni qo'lga kiritdi va yangi Osiyo rekordini o'rnatdi (4:09,36).

Yana bir sportchimiz, 2012 yilning London Paralimpiya O'yinlari ishtirokchisi, Kiril Pankov yangi Osiyo rekordlarini (erkin va chalqamchi suzish) o'rnatdi va dunyoning kuchli suzuvchilari sakkiztaligidan joy oldi.