19:22 / 17.07.2015
3967

Poroshenko banki aktivlari bir yil ichida 3,7 barobarga oshdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko “Praym essets kepital” jamg‘armasi orqali 50,08 foiz aksiyasiga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 9,92 foiz aksiyasiga egalik qiladigan Xalqaro investitsion bankning aktivlari bir yil ichida 3,7 barobarga oshdi. Bu haqda bank hisobotida ma'lum qiinmoqda.

Bankning rasmiy saytidagi hujjatlarga ko‘ra, 2014 yilning 2-choragi natijalariga ko‘ra bank aktivlari 478,5 mln grivnani (joriy kurs bo‘yicha 21,6 mln dollarni), 2015 yilning 2-choragi natijalariga ko‘ra esa 1,7 mlrd grivnani (80,6 mln dollarni) tashqil qilgan. Aktivlarning dollar ekvivalentida deyarli 4 barobarga oshishi kursdagi farq va Ukraina vvalyutasining qadrsizlanishi bilan shartlangan.

2014 yil natijalariga ko‘ra bankning aktivlari 1,12 mlrd grivnani (50,5 mln dolllarni) tashkil etgan.

Bank 2008 yilda tashkil etilgan. Poroshenkodan tashqari bankning 10 foiz ulushiga egalik qiluvchi Igor Konenko bankning yana bitta minoritar aksioneri hisoblanadi.

Top