07:19 / 17.07.2015
3253

Qirg‘izistonda terrorchilarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazildi

Bishkekda Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatgan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilarini yo‘q qilish bo‘yicha aksilterrorchilik operatsiyasi nihoyasiga yetdi.

Maxsus operatsiya natijalariga ko‘ra, qo‘lga olish paytida o‘qotar qurol ishlatgan holda qarshilik ko‘rsatgan 4 nafar jangari yo‘q qilindi.

Operatsiya davomida Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining 4 nafar xodimi turli darajadagi jarohatlar oldilar. Ular Bishkekdagi shifoxonalarga yetkazilganlar.

Tinch aholi orasida qurbonlar va jabrlanganlar qayd etilmagan.

Top