16:51 / 17.07.2015
1987

Qozog‘iston Kaspiy bioresurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Kaspiy dengizi suv va biologik resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Kelishuv Kaspiybo‘yi davlatlari – Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston hukumatlari tomonidan 2014 yil 29 sentabrda Astraxanda imzolangan edi.
Hujjatga binoan, mamlakatlar dengizning suv va biologik resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha maxsus komissiya tuzadi. Baqra baliqlaridan tijoriy foydalanish faqat komissiya belgilab bergan joylarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, boshqa turdagi baliqlar va sut emizuvchilardan foydalanishning aniq me'yorlari belgilab beriladi.

Top